Бу қизиқ

O‘zbekiston Respublikasi “Sud qarorlarini qonuniyligi, asosligi va adolatligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosababti bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi 2023 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-887-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-887-sonli Qonuniga muvofiq, sud qarorlarini yuqori instansiyalarda ko‘rilishi quyidagi tartibda belgilandi.Apellyatsiya instansiyasida: Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin Kassatsiya instansiyasida:Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin, Taftish instansiyasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida-fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar hal qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftishi tartibida. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish taftish tartibida ko‘rilgan tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar hal qilinadi.

Ushbu Qonun ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishiga, sud qarorlarini qayta ko‘rishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqsa sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.

Mazkur Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksi quyidagi boblar bilan to‘ldirildi: Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.Yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlandi.Shu bilan birga har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklandi. Bundan tashqari, sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi.Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi   Harbiy sudida taftishtartibida ko‘riladigan shikoyat (protest) ushbu sudlar nomiga yo‘llanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan birinchi instansiya sudiga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘riladigan shikoyat (protest) bevosita Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy vazifalaridan biri, bu Mustaqil Respublikamizda yashayotgan fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bir qatorda shu huquq va erkinliklarni amalga oshirishga qaratilgan talablar nimalar ekanligi bilishlari va O‘zbekiston Revspublikasi Konstitutsiyasi, va Qonunlar, Prezident farmonlari, Qonun osti hujjatlar va boshqa  talablariga barcha fuqarolar birdek rioya qilishlari lozim.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlarao sudining raisi

M.Nomozov

Related Articles

Back to top button