Madaniyat

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni” munosabati bilan minifutbol bo‘yicha gaz ta’minoti xodimlari o‘rtasida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerak, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, gaz ta’minoti xodimlarining jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lishlari, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida tizim xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu e’tiborning yorqin namunasi sifatida tashkil etilgan minifutbol musobaqasi ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqich 8 guruhga bo‘lingan gaz ta’minoti bo‘limlaridan tashkil etilgan jamoalar o‘rtasida hamda ikkinchi bosqich 8 ta guruh g‘oliblari ishtirokida o‘tkazildi. Ob-havo faslga yarasha issiq. Ammo bu holatlarni barchasi inobatga olinib, ishga ham xalal bermagan holda dam olish kunlari kechki soat 19:00 da bo‘lib o‘tdi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali xodimlari o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish yuqoriligini nafaqat shu shashtdan, balki ularning ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rganidan ham bilish qiyin emas: zarur anjomlar shay, barcha xodimlar futbol libosida.

Jamoalar tarkibida rahbar xodimlardan 3 nafar, 45-55 yoshdagi xodimlardan 2 nafar va yana 3 nafari yoshlardan iborat bo‘lish kerakligi talabi musoboqa davomida inobatga olindi. Turli yosh va lavozimdagi xodimlar bir-birlari bilan bellashganligini alohida qayd etish zarur.

Murosasiz kechgan bahslarda “Boysun” gaz to‘ldirish inshooti jamoasi uchinchi, “Jarqo’rg’ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limidan tashkil topgan jamoa esa ikkinchi o‘rinni egalladi. “Hududgaz Surxondaryo” GTF (ijro apparati)dan tashkil topgan jamoa esa mutlaq g‘olib – turnirning birinchi o‘rinini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish tanani chiniqtirib, sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Qolaversa, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, turli kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Tadbir so‘nggida bu kabi musobaqalarni sportning boshqa turlari bo‘yicha ham tashkillashtirilishi ishtirokchilarga ma’lum qilindi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button