Касбим-фахрим

MUAMMOLAR VILOYAT MARKAZIDAN 270 KM UZOQLIKDA JOYLASHGAN MAHALLALARDA UYMA-UY YURIB O‘RGANILMOQDA

Aholini qiynayotgan muammolar xalq ichiga chuqur kirib borilgandagina yaxshi bilinadi. Davlat idoralarining bevosita birinchi rahbarlari eng og‘ir, eng chekka va eng olis hududlarga chiqqan holda, mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganayotgani o‘z amaliy samarasini bermoqda. Xalq bilan bunday muloqot nafaqat murojaatlarni tinglash, balki aholining kundalik hayoti bilan tanishish, masalalarni joyida bartaraf etishga qaratilganligi bilan ham juda ahamiyatli.

Yolg‘on va’dalar bilan endi ish bitmaydi. Xalqni rozi qilishning yo‘li bu — muloqot va muammolarning amaldagi yechimidir. Gaz ta’minoti xodimlari tomonidan ham mamlakatimiz tumanlarida ana shu maqsadda, uyma-uy yurib muammolarni o‘rganish tashkil etilmoqda.

Respublika ishchi guruhi ommaviy sayyor qabulining uchinchi kuni Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tmoqda.

Aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullari davom etmoqda. 

Bugungi ommaviy qabullarda Sariosiyo va Uzun tumani fuqarolari o‘zlarining mammolari yuzasidan Prezident Administrasiyasi vakillari, o‘ttizga yaqin vazirlik va idoralar, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishmoqda. 

Qabullar Sariosiyo tumani «Shohjahon» mahallasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi binosida bo‘lib o‘tdi.

«Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining suyultirilgan gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Turdiyev, dastlab viloyat markazidan 270 km uzoqlikda joylashgan Sangardaklik fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan sohaga oid muammolarga yechim izladi. Ushbu qishloqda 1000 dan ortiq gaz iste’molchilaari yashaydi.

Shu bilan birga aholining gaz ta’minoti bo‘yicha muammolarini o‘rganish chekka va og‘ir hududlarda uyma-uy yurib, qish mavsumida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazilishi hamda boshqa aniqlangan muammolar bartaraf etilmoqda.

«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button