Madaniyat

Inson huquqlari amalda ta’minlanishi

Inson huquqlari-oliy qadriyat. Fuqarolarning huquq va erkinliklah muhofaza qilinishi hamda buzilgan huquqlarining tiklanishi bevosita sud hokimiyatining mustaqilligi, adolatli va holis qaror qabul qilinishi bilan baholanadi. Bu isbot   talab qilmaydigan haqiqat.

Yurtimizda sohani rivojlantirish maqsadida barcha chora-tadbirlar koʻrilib, sudlarning mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish, inson haq-huquqlarini himoya qilish borasida ijobiy va samarali natijalarga erishilyapti.

Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.

Shu bilan birga «Yangi oʻzbekiston — yangi sud» tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini  isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg’or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda.

2022 — 2026 yillarga moʻljallangan Yangi oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudlar faoliyati samaradorligini va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida:

2023 — 2026 yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qtsqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi va keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur va siyosiy-huquqiy ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy ma’rifiy asoslari yaratishga doir bir qancha muhim vazifalar belgilandi.

«Inson qadri uchun» g’oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yoʻnaltirilib, mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari qanday bolishi va bu boradagi ustuvor vazifalar belgilangan bolib, 7 ta ustuvor yoʻnalish yuzasidan keyingi besh yil mobaynida 100 maqsad va 398 ta vazifani amalga toshirish chora tadbirlari belgilandi. Taraqqiyot strategiyasining 15 maqsadida davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida oʻzining ishonchli himoyachisini koʻrishiga erishish vazifasi belgilangan.

Sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini roʻyobga chiqarish maqsadida sud tizimida «yagona darcha» tamoyilini keng joriy etish va arizalarni taalluqligidan qafiy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida fuqarolar hamda tadbirkorlarga

oʻz huquq va qonuniy manfaatlahni sudlarda himoya qila ohshi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish tizimini jony etish maqsadlari belgilandi. SHu bilan birga sudlar faoliyatini bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish aholiga hamda sohada faoliyat yurituvchi hodimlarga qulaylik yaratib,vavtni tejash va ortiqcha qog’ozbozlikka chek qoyib, sohada ish hajmi yuklamalarini oshib ketishi oldini olish, sun’iy intellekt texnologiyalarini jony etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish va odil sudlovga erishish darajisini tubdan oshirish boʻyicha ham aniq vazifalar amalga oshiriladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanda kuchliroq oshirish hamda sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish ham nazarda tutilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlari, fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari va ajrimlari ijrosini qat’iy ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini yanada oshirish belgilandi.

Sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uygbtish asosiy maqsad qilib belgilandi. Shu bilan birga sud tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy tizimlashtirish olib borilishi koʻrsatib oʻtildi. Belgilangan vazifalarning asosiy maqsadi sudlar faoliyatida va sud ishlari koʻrilishida adolat va qonun ustuvorligini yanada ta’minlanishiga erishish hisoblanadi. Sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning asosiy maqsadi fuqarolirning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishni kuchaytirish va odil sudlov samaradorligini oshirishni ta’minlash hisoblanadi Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan mazkurchora tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning va yuridik shaxslar huquqlari hamda ulaming qonuniy manfaatlari samarali himoya etilishida muhim vosita boʻlib xizmat qiladi va sudlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir bir qancha maqsadlar va masalalarning belgilab berilishi bilan birga sudlarga ma’suliyat bilan yondashishni amalga oshirishiga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyat sudining

arxiv mudiri                                                                       E. Tilovov

Related Articles

Back to top button