Bu qiziq

Surxondaryo viloyatida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–308-son qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq o’tkazilgan  tadbirning asosiy maqsadi davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish, xodimlarning savodxonlik darajasini oshirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda adabiy til me’yorlariga rioya qilish madaniyatini mustahkamlashdan iborat. Tadbir davomida bosh boshqarma xodimlari diktant yozish orqali o‘zbek tilining imlo qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar ona tiliga bo‘lgan hurmatini namoyon etib, davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan ushbu tashabbusda faol qatnashdilar.

Ta’kidlash joizki, ona tilimiz milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizning ajralmas qismidir. Uni asrab-avaylash, to‘g‘ri va ravon qo‘llash, kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muhim burchimizdir.

“Umummilliy diktant” kabi ma’rifiy loyihalar xodimlarning yozma nutq madaniyatini yuksaltirish, davlat tiliga e’tiborni kuchaytirish hamda ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button