Бу қизиқ

KUN TARTIBIDAGI MASALA: “Transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati, ularning salbiy oqibatlari”

Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi, ularni sodir etilishi oldini olish choralari

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab tizimli muammolar mavjud ekanligi sir emas. So‘nggi yillarda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish masalalari fuqarolarimizni, vakolatli davlat organlarini, keng jamoatchilik vakillarini, umuman olganda, jamiyatimizni o‘ylantirib kelayotgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jabhada yo‘l harakati qatnashchilari xavfsizligini, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish, mamlakatimizda haydovchilar tayyorlash va fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish tizimini tubdan isloh qilish, bu boradagi vakolatli davlat organlari mas’uliyatini yanada oshirish, sohaga kirib kelayotgan yangiliklarning qonuniy asoslarini yaratish va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish masalalari jamiyatimizni o‘ylantirib kelayotgan asosiy muammolar sirasiga kirib ulgurdi.

2025–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 16-maqsad doirasida “yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash” bo‘yicha vazifalar belgilanganligi bejiz emas.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 oktabrdagi 841-son Qarori bilan tasdiqlangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar”ning 3-maqsadi 3.6-vazifasida “2025 yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish” vazifasi nazarda tutilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 oktabrdagi 841-son Qarori bilan tasdiqlangan “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar”ning 3-maqsadi 3.6-vazifasida “2025 yilgacha yo‘l-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish” vazifasi nazarda tutilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 11 fevralda yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish choralari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi asosiy, yechimini kechiktirib bo‘lmas muammolar sifatida yo‘l-transport hodisalari hamda ulardagi o‘lim holatlari sonini qisqartirish, ushbu sohadagi milliy qonunchiligimizni mavjud muammolardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, yo‘l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini, o‘zaro hurmat va bilim-tajribasini oshirish, qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etayotganlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash, haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish tizimi umuman talabga javob bermayotganligi qayd etildi. Yo‘l harakati sohasidagi tizimli muammolarning tashkiliy-huquqiy yechimini topish maqsadida Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘l-transport hodisalari va qo‘pol qoidabuzarliklar sonini kamaytirish; qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash; yo‘l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyati, o‘zaro hurmati va bilim-tajribasini oshirish; avtomaktablar faoliyati samaradorligini oshirish; yo‘l harakati sohasini raqamlashtirish; yo‘llar holati va infratuzilmasini yaxshilash; xaydovchilar va piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo‘l harakatini tashkil etish kabi ustuvor yo‘nalishlarda mutasaddi davlat tashkilotlari va mansabdor shaxslarga topshiriqlar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida:

birinchidan, deputatlar, ekspertlar va jamoatchilik bilan bamaslahat holda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga bu sohadagi xalqaro huquq normalariga mos qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish hamda unda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati va maxsus vakolatli davlat organlari, ya’ni O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti, Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakolatlarini aniqlashtirish va bunda bir-birini takrorlash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; yo‘l harakatining raqamli boshqaruvini va xavfsizligini ta’minlash; yo‘l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlari masalalari;

Xorijiy mamlakatlar milliy qonunchiligida yo‘l harakati xavfsizligini samarali ta’minlashga qaratilgan turli normalar belgilanganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qonunchilikni buzgan shaxslar fuqaroviy-huquqiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi mumkin. Qozog‘iston Respublikasi, Germaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra esa politsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlik, ularga jismoniy qarshilik ko‘rsatganlik yoki jismoniy kuch ishlatganlik uchun jinoiy javobgarlik turlari, Shvesiya Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq umumiy foydalanishdagi yo‘llarda velosipedlar va piyodalar uchun alohida yo‘lakcha bo‘lishi kerakligi belgilanganligini ko‘rishimiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ga yo‘l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini oshirish va ularning qonunga itoatkorlik ruhini kuchaytirishga, “jarima ballari” tizimini, avtomaktablar faoliyati va haydovchilik guvohnomasini olishga nisbatan yangi talablar joriy etishga, yo‘llarda harakat tezligiga nisbatan cheklovni qayta belgilashga, “yo‘l bezoriligi” tushunchasining huquqiy ta’rifi berilishiga qaratilgan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim;

ikkinchidan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga yo‘l harakatida qo‘pol qoidabuzarliklarni, shu jumladan takroran sodir etganlik, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli qo‘shimchalar kiritilishi zarur;

uchinchidan, piyodalarni va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarini yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishning aniq mexanizmlarini belgilash va jazo muqarrarligini ta’minlash shart;

to‘rtinchidan, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishning, nazoratning yuqori samaradorligini ta’minlovchi yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish, videokuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimlarini, boshqa texnik vositalarni yanada kengaytirish kerak;

beshinchidan, “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturi doirasida yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan samarali tushuntirish ishlari tizimini, shu jumladan oiladan boshlab, bog‘cha, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari hamda mulk shaklidan qati nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda amalga oshirish lozim.

Xulosa qilib aytganda, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, albatta, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirishda ham o‘z samarasini beradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Sho‘rchi tuman sudining raisi                                   

T.Abdiraimov

Related Articles

Back to top button