Маданият

SARIOSIYODA JOYLASHGAN HARBIY QISMDA, IS GAZIDAN ZAXARLANISHNI VA HAVO GAZ ARALASHMASINING CHAQNASHINI OLDINI OLISH BORASIDA TUSHINCHALAR BERILDI

So‘nggi paytlarda aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishlar, havo-gaz aralashmasi chaqnashlari natijasida fuqarolarning halok bo‘lishi holatlarining kuzatilmoqda.

Bunday mudhish holatlar eng avvalo, aholining gazdan havfsiz foydalanish qoidalarini bilmasliklari, nosoz gaz jihozlaridan foydalanishi oqibatida yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, sodir bo‘layotgan yong‘in, chaqnashlar, is gazidan zaharlanishlar fuqarolarning tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi, gaz so‘rg‘ichlar o‘rnatib olganligi, gaz uskunalarini boshqa joyga ko‘chirib rezina shlanglar va nostandart gaz jixozlardan foydalanganliklari, isitish uskunalarining dudburonlari tekshirilmaganligi sabab bo‘lmoqda.

Aytish kerak, tabiiy gazning to‘liq yonmasligi, gaz oqimining bexosdan uzilib qolishi, xona ichida gaz to‘planishi, gazni yoqib, qarovsiz qoldirish, isitish tizimlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash va yong‘in sodir bo‘lishi hamda tabiiy gaz va is gazlaridan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar sodir bo‘lmoqda.

Gaz ta’minoti xodimlari ko‘chalar hamda mahallalar atrofida, harbiy qismda bo‘lib, bevosita gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligini targ‘ibot qilishmoqda.

Gaz bilan bog‘liq muammo bo‘lsa soha xodimlariga murojaat qilgach, vaqtida hal qilib berishadi. Ayniqsa, ularning har kungi targ‘ibot tadbirlari bizning e’tiborimizni oshirdi diydi Sariosiyo tuman fuqarolari. Muhimi, ogohlikka da’vat etdi. Albatta, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish nafaqat bizning, balki atrofdagilarimizning ham farovon turmushini ta’minlashda xizmat qiladi. Bizning vazifamiz – soha xodimlarining tavsiyalariga amal qilish hamda xavfsizlik qodilariga rioya etishdir”.

«HUDUDGAZ SURXONDARYO» GAZ TA‘MINOTI FILIALI MATBUOT XIZMATI

Related Articles

Back to top button