Маданият

Til — millat ko‘zgusi

Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o‘zgacha g‘urur, faxr va iftixor bilan  keng nishonlanadi.  Albatta, har bir millat o‘z ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e‘zozlanadigan tilda ajdodlarining bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashaydi. O‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi.

O‘zbekistonRespublikasining 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-615-sonli Qonuniga asosan
21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

Mazkur sana munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining professional o‘qituvchilari tomonidan davlat va nodavlat tashkilot, korxona, muassasalarda davlat tilida ish yuritish qoidalari mavzusida seminar trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu smeninar trening avvalida tadbir ishtirokchilariga markaz o‘qituvchilari o‘zbek tili tarixi va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi haqida tushunchalar beribo‘tdi.

Shundan so‘ng, davlat tilida ish yuritish qonun-qoidalariga amal qilishda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan jixatlar borasida fikrlar almashildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat tilida ish yuritishni yanada mustahkamlashdan iborat.

Til millat koʻzgusidir. Uning qadri qanchalik baland boʻlsa, millatga boʻlgan hurmat ham shunchalik ortib boraveradi.

Majburiy ijro byurosi

Surxondaryo viloyat boshqarmasi

Related Articles

Back to top button