Маданият

GAZ TARMOG‘IGA NOQONUNIY ULANGAN XONADONLAR ANIQLANDI

Surxondaryo viloyati Termiz shahar «Dexotiy» ko‘chasi 30 uyda yashovchi fuqaroning xonadonida (vaqtincha ijarada turgan) boshqa bir fuqaro iste’mol qilingan tabiiy gazdan mavjud qarzdorligi to‘lamasdan EGHUdan ham belgilangan me’yorlarga zid ravishda, klapani ochiq holatda foydalanib kelayotgani aniqlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, xonadon 7 mln. 395 ming so‘m qarzdor ekanligi rasmiylashtirilib, ularning EGHU planshet orqali o‘chirildi va gaz berilishi vaqtincha to‘xtatilgan. Shu manzildagi 56 uyda yashovchi fuqaroning xonadoni tekshirilganda, tabiiy gaz quvuriga rezina shlangi orqali noqonuniy ulanib olganligi aniqlangan. Bu esa tabiiyki, xavflilik darajasi yuqori va bu tarzda tabiiy gaz iste’moliga yo‘l qo‘yilmaydi. Xonadoni kuzdan keichrilganda, 12 mln. 323 ming so‘m qarzdorligi sababli “Billingaz” dasturida o’chiq turgan bo‘lsada, EGHUga qadar rezina shlang orqali ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining Raqamlashtirish bo‘limi xodimlari filialning tegishli bo‘lim xodimlari bilan xamkorlikda aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushunchalar berilib, ularning tabiiy gaz tarmog‘idan foydalanishi vaqtincha cheklandi. Maqsad, aholining iste’mol madaniyatini oshirish barobarida, ularning xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashishdir.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning  20-noyabr holatiga 68 ta (noqonuniy) qoida buzilish holatlari tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi iste’molchilarda aniqlangan bo‘lib, shundan 72 mln. 988 ming so‘mlik tabiiy gaz zarari uchun qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan. Shundan 40 mln 428 so‘m zarar to‘lovi amalga oshirilib bartaraf etilgan. 32 mln. 560 so‘m tabiiy gaz zarari undirilishi uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar orqali Sud idoralari qaratilgan.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button